Istanbul politsiyasi 1 yanvarga ötar keçasi Istanbuldagi tungi klubda otişma sodir etgan kimsaning şaxsini aniqladi, deb xabar bermoqda Daily Sabah naşri.
Ta'kidlanişiça, Istanbul politsiya boşqarmasi terrorçi özbek millatiga mansub Abdulqodir Maşaripov ismli erkak bölganini aniqlagan. U şuningdek, Abu Muhammad Xurosoniy nomi bilan ham ma'lum bölgan.
Politsiya ayni vaqtda hujumdan keyin qoçib ketişga muvaffaq bölgan terrorçini qidirmoqda.
Tergov ma'lumotlariga köra, terrorçi 6 ta öqdonni almaştirib, 180 tadan köp öq uzgan. 7 daqiqa davom etgan hujumdan keyin u oşxonaga kirib, u yerda 13 daqiqa içida kiyimlarini almaştirib, klubdan boşqa odamlar bilan birga çiqib, voqea joyini taksida tark etgan. Biroq u qöşni tumanda taksiçiga puli yöqligini aytib, maşinadan tuşib qolgan. Aynan taksiçi terrorçining şaxsini aniqlaşga yordam bergan.
Şuningdek, terrorçi Istanbulga Konya şahridan kelgani, 1988 yilda tuğilgani va uçta til – turk, arab va rus tilini bilişi malum bölgan.
3 yanvarda Turkiya hukumati teraktni sodir etişda gumonlanuvçining şaxsini aniqlagani haqida ma'lumot paydo bölgandi, biroq uşbu ma'lumot rasman tasdiqlanmagandi.
Reina tungi klubidagi hujum oqibatida 39 kişi halok bölgan, 69 kişi yaralangan.

















