Ötgan dam oliş kunlari Turkiyaning Istanbul şahrini qoplagan kuçli qor şahar köçalaridagi harakatni qiyinlaştirdi va yuzlab aviareyslarning bekor qilinişiga sabab böldi. Bu haqida Daily Sabah'da xabar berildi. 

Naşr ma'lumotlariga köra, eng yirik milliy aviataşuvçi Turkish Airlines Istanbul aeroportlaridagi 800ga yaqin içki va taşqi reyslarni bekor qildi. 

Manbaga köra, duşanba kuni Istanbuldagi favqulodda holat natijasida şahar köçalarida köp soatli tirbandlik yuzaga kelgan. Metro va tramvaylar 24 soatli xizmat rejimiga ötişiga töğri kelgan. Noqulay ob-havo şaroiti tufayli barça maktablar yopilgan. 

Manbaga köra, Turkiyada 2009 yildan buyon birinçi marta ana şunday ob-havo kuzatilmoqda. Istanbulning ba'zi hududlarida qorning qalinligi 120 santimetrga yetgan. 

Istanbul merining sözlariga köra, şahar köçalarini qor va muzlardan tozalaş uçun taxminan 90 tonna tuz va 370 tonna muz erituvçi aralaşma qöllanilgan. 

Şahar ma'muriyati 1300dan ortiq maxsus texnika va 7000 işçini köçalarni tozalaşga yönaltirdi.

Sinoptiklarning taxminlariga köra, şaharda 11 yanvarga qadar ana şunday ob-havo saqlanib turişi mumkin.