
Moskva şahrining Kuntsevo sudi huquq-tartibot muassasalari bir yoşli qizini tortib olgan özbekistonlik ayol Nilufar Mamasaidovaning Rossiyadan deportatsiya qilinişi işi materiallarini politsiyaga qaytarib berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Sud materiallarni yetarliça hajmdagi isbotlar yöqligi sababli politsiyaga qaytarib berdi", deb aytdi sud matbuot kotibi.
Avvalroq OAVda Moskva içki işlar boşqarmasining "Kuntsevo" bölimi xodimlari dekabr oxirida Mamasaidovaning yaşaş manzili böyiça kelib, uning qizini ayolda şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar yöqligiga asoslanib olib ketişgani haqidagi ma'lumot paydo bölgandi.
Öz navbatida, Moskva içki işlar boşqarmasi matbuot xizmatida politsiya xodimlari qizçani olib ketişmagani, u yuqori harorat bilan şifoxonaga yotqazilgani ma'lum qilingan.
Rossiya prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari böyiça vakil Anna Kuznetsova özbekistonlik ayolga farzandini qaytarib beriş uçun barça şaroitlarni yaratiş zarurligini aytgandi. Uning aytişiça, hozirda qizça yuqumli kasalliklar şifoxonasida yotibdi va uning onasi hujjatlarni rasmiylaştirgandan keyin uning yoniga taşrif buyurişi mumkin.
Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi qizi tortib olingan ayolga yordam bermoqda
Özbekistonlik ayol hali-hanuz farzandi bilan körişa olmayapti
Farzandi tortib olingan özbekistonlik ayol masalasi yaqin kunlarda öz yeçimini topişi kutilmoqda











