Bugun, 28 yanvar kuni braziliyalik futbol afsonasi Roberto Karlos Toşkentda bölib turibdi. U tuşga yaqin Özbekiston futbol assotsiatsiyasida bölib, rahbariyat vakillari bilan uçraşdi.

Uçraşuv avvalida ÖFA boş kotibi Sardor Rahmatullayev mehmonni yurtimizda körib turganidan xursand ekanini bildirdi va unga özbek futboli, unga davlat tomonidan qaratilayotgan e'tibor xususida qisqaça ma'lumot berdi. Öz navbatida Roberto Karlos taşrifidan mamnunligini aytib, bu Özbekistonga sönggi marta kelişi bölmasligiga umid bildirdi.

«Özbek futboli bilan tanişman. Özbekistonlik öyinçilar bilan birga öynaganman. Masalan, Odil Ahmedovni hamma biladi. U – yuqori klassdagi futbolçi», – deya ta'kidlab ötdi Roberto Karlos.

Uçraşuvda ÖFA rahbariyati tomonidan JÇ-2002 çempioniga esdalik sovğalari, xususan Özbekiston terma jamoasi libosi topşirildi; mehmonga özbek döppisi va milliy çopon kiydirildi.

Şundan söng Roberto Karlos ÖFA qoşidagi maydonda yoş futbolçilarga master klass ötkazdi. «Hozirgi master-klassdan ança narsa örganasizlar, deb umid qilaman. Sizlarning yoşingizda har kuni ertalab otam bilan maşğulotlarga çiqardim. Menda ham xuddi sizlardagidek orzu bölgan: terma jamoada va orzumdagi klub «Real»da öynaş. Şuning uçun maşq qilardim», – dedi maşğulot oldidan Karlos.