Jahon futboli afsonasi Roberto Karlos bugun, 28 yanvar kuni Toşkentga safari yakunida matbuot anjumanida qatnaşdi.

– Keça tunda Barselonada bölib ötgan «Espanol»–«Real» öyinini tomoşa qildim, söng u yerdan töğri Toşkentga uçib keldim. Bu yerda bolalar bilan körişib, ularga master-klass ötkazdim, mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari bilan uçraşdim. Çarçagan bölsam-da, bugungi ötgan kunimdan xursandman. Juda köp işlayman, hatto «Real Madrid»dan köproq işlayman. Bu yerga kelişimga hissa qöşgan barçadan mamnunman.

– Ispaniyadagi futbol akademiyalari bilan yaqindan tanişsiz. Bugun esa Özbekistondagi akademiyalar bilan qisman bölsa-da, tanişdingiz. Özbekistondagi futbol maktablari jahon darajasiga çiqişi uçun nimalarga köproq ahamiyat qaratişi kerak?
– Töğri, mening özimning ham akademiyalarim bor. Bu akademiyalarimni kelajakda Özbekistonga olib kiriş rejasi ham bor, bu haqda alohida gaplaşamiz. Avvalo, töğri yölga qöyilgan maşğulotlar va kerakli bilimga ega murabbiylar kerak.

– Özbek futboli deganda nimalar köz oldingizga keladi? Odil Ahmedov bilan «Anji»da birga öynagansiz, Rivaldo «Bunyodkor»da töp surgan... Özbek futboliga boğliq birorta qiziqarli voqeani aytib bera olasizmi?
– Odil bilan munosabatlarimiz iliq. Özbek futbolida potensial borligiga işonaman. Özbekiston futbolda köproq narsalarga erişa oladi. Özbek futboli menga yoqadi.

– Bilişimça, mehribon farzand ekansiz. Yoşligingizda otangizga yangi uy olib beraman deb va'da bergan ekansiz...
– Oilaga nisbatan ğamxör böliş faqat Braziliyada emas, butun jahonda odatiy hol. Birinçi şartnomamga imzo çekayotgan vaqtimda şuni niyat qilib, ilk maoşimdan oilamga uy olib berganman. Ular hozir ham öşa uyda yaşaşadi.

– Agar jahon çempioni böla olmaganingizda, YeÇLning uçta kuboginini mundial kubogiga almaştirgan bölarmidingiz?
– Yöq, bunday demagan bölardim. Men barça sovrinlarni yutişni istayman, degan bölardim, xolos. Baxtimga barça sovrinlarni yutiş menga nasib etgan.

– Ön yillar ilgari siz va boşqa köplab futbol yulduzlari har xil reklama roliklarida suratga tuşişardi. Nega hozir bunday roliklar işlanmay qöydi, deb öylaysiz?
– Men öynagan davrimda kamida 40 futbolçi bölardi, «Oltin töp»ni oliş uçun esa 10-15 nafar da'vogar bölardi. Hozir esa ularning soni 3-4 nafar bilan çeklanib qolgan. Raqobat biroz susaygan, ehtimol sabab şundadir.