Ötmişda maşhur bölgan Braziliya terma jamoasi himoyaçisi Roberto Karlos 1997 yilda Fransiya terma jamoasi bilan örtoqlik öyinida jarima zarbasidan kiritgan maşhur golini takrorladi.

Uşbu holat tasvirlangan videolavha futbolçining Instagram sahifasiga joylaştirilgan.

Roberto Karlos 2002 yilda jahon çempioni bölgan, 1998 yilgi jahon çempionatining kumuş medali sovrindori. FIFAning eng yaxşi 100 futbolçi röyxatidan joy olgan. Çempionlar ligasida 100dan ortiq öyinda maydonga tuşgan.

U 100 metr masofani 11 soniyadan kam vaqt içida bosib ötgan. Zarba kuçi va töpning parvoz tezligi böyiça jahon rekordi uzoq vaqt davomida unga tegişli bölgan – soatiga 198 km. 

2013-2015 yillarda Turkiya va Hindistondagi klublarda boş murabbiy bölib işlagan. 2013/2014 yilgi mavsumda Turkiyada yil murabbiyi deb topilgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Roberto Carlos 罗伯特卡洛斯 (@oficialrc3) on