“Leviy” maşinalar, “şapka” pullari, qölma-qöl tölovlar va vayron bölgan taqdir — qamoqdagi ayol avtosalondagi noqonuniy sxemalar qanday işlaşini gapirib berdi.
Özbekistonda avtomobilni tezroq olib beriş va’dasi bilan boğliq noqonuniy sxemalar hali ham dolzarbligiça qolmoqda. Navbatsiz maşina çiqariş, “şapka” pullari va qölma-qöl tölovlar ortida esa nafaqat aldangan mijozlar, balki hayoti izdan çiqqan odamlar ham bor.
Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti va Kun.uz taqdim etadi. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan 5 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum etilgan Malika Akbarova qamoqdan turib avtosalonda qanday tizim işlaganini gapirib berdi.
Uning aytişiça, avtosalonda “leviy maşina” deb atalgan noqonuniy sxema mavjud bölgan. Mijozlar maşinani tezroq oliş uçun rasmiy kassaga emas, xodimlarga naqd pul bergan. Keyin bu mablağlar rahbarlarga yetkazilgan.
“Leviy maşina”lar badali
“Men işlagan avtosalonda tanişlarga oldindan maşinani çiqarib berişlar bölgan. Har doim çiqib turgan maşinalar birdan çiqmay qoldi. Ular bilan meni rahbarlarimiz taniştirişgan, mana şu kliyentlar olib keladigan 50 foiz tölovlarni biz rahbarlarimizga naqd beramiz. “Leviy maşina” hisoblanadi bular, oldindan çiqariladigan maşinalar. Boşliqlarimiz uni olib, pulini berişmadi. Şuning orqasidan 2024 yil iyun oyidan menga tergov boşlandi. 1 milliard 775 million 617 ming 500 söm qarzdorlikni mening böynimga qöyib berişdi.
Mijozlar kelib maşinani oldinroq çiqarişni iltimos qilardi. Maşinalar uç, olti, sakkiz oyda çiqişini aytardim. Ular keyin tölov qilgani kelişardi. Faqat tölovni kassaga emas, bizga naqdiga berişardi. Men uni olib, boşliqlarimning qöliga topşirganman. Keyin ularga biz kvitansiya berganmiz. Hamma pullar yiğilgandan keyin boşliqlar örtasida bölinardi.
Bizga ham uluş berişardi, juda kam olganmiz. Şapka pullari avtomobil rusumiga qarab bölardi. Cobalt, Lacettiʼlar 800-900 dollardan, Damasʼlar 500-600 dollardan hisoblangan. Mendan boşqa menejerlar ham bizning avtosalonda hammasi şu “leviy” işlar bilan şuğullanardi. Buxgalterimizdan tortib hamma şunaqa işlar bilan şuğullanişgan”.
Hammasi yaxşi ketayotgan bir paytda jabrlanuvçilarning arizalari qizning hayotini ostin-ustun qiladi. Çunki u mijozlardan pullarni qabul qilgan va bundan oz bölsa-da, uluş olgan edi. Buni Malika umrining eng gözal yillari bilan tölayapti. Uning aybi uçun yaqinlari ham azob çekayotgani qiz uçun yanada oğir.
















