Fransiyaning Özbekistondagi elçisi Violen de Vilmor xonim Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Rustam Qosimov bilan uçraşdi.

Fransiya elçixonasi matbuot xizmatining ma'lumotiga köra, muloqot çoğida mamlakatlarimiz örtasidagi qişloq xöjaligi, agronomiya, sayyohlik, injyenerlik fanlari, soğliqni saqlaş, me'morçilik va arxeologiya kabi sohalarda hamkorlik munosabatlariga töxtalib ötildi. 
Bugungi kunda dolzarb hisoblanadigan oliy va örta ta'lim öquv dasturlarini qayta körib çiqiş masalalari doirasida tomonlar kadrlar tayyorlaş injyeneriyasi, xususan, til böyiça, şuningdek, boşqa mutaxassisliklarga fransuz tili ta'limi beriş injyeneriyasi borasida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşişdi.

Fransiya elçisi özbekistonlik talabalar fransuz tilida barça mutaxassisliklar böyiça, şuningdek, boşqaruv, injyenerlik fanlari, irrigatsiya kabi sohalarda ingliz tilida Fransiyada oliy ta'lim oliş imkoniyatiga ega ekanliklari haqida töxtaldi.

Elçi Fransiyaga borib ta'lim olişni istagan talabalar fransuz tilidan bilim darajalarini oşirişlari uçun Toşkent fransuz alyansi kurslariga qatnaşiş imkoniyati mavjudligini ta'kidlab ötdi.