Germaniyalik avtopoygaçi, «Formula-1» poygalarida 7 marta çempion bölgan Mixael Şumaxer yana ikki homiysini yöqotdi.
Maquina do Esporte xabariga köra, Audemars Piguet (soatlar işlab çiqaradi) va Hormann (garajlar uçun darvozalar) Şumaxer bilan hamkorlikni töxtatgan.
Bungaça ayni davolanişda bölgan poygaçi bilan hamkorlikni et Set, Navyboot, Rosbacher va Erlinyo kompaniyalari ham uzgandi. Deutsche Vermögensberatung esa 48 yoşli sportçini qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda va uning öğli Mika Şumaxerga homiylik qilmoqda.
Ayni vaqtda Mixail Şumaxer töşakdan kötarila olmaydi, lekin kresloda ötirişi mumkin. U şuningdek, atrofidagi yaqinlarini taniy oladi.
2013 yil dekabrida Şumaxer toğ-çanği trassasida boşidan jiddiy jarohat oldi, buning oqibatida miyasining ikki pallasi ham zarar kördi. Sobiq poygaçi 2014 yil sentabridan buyon Şveytsariyadagi dala hovlisida reabilitatsiya kursidan ötib kelmoqda.
Uning davolanişiga uç yilda qariyb 14 mln funt sarflandi.

















