Italiyaning Ferrari avtomobilsozlik kompaniyasi sobiq prezidenti Luk di Montedzemoloning matbuot kotibi bayonot berişiça, uning rahbari maşhur nemis avtopoygaçisi Mixael Şumaxerning soğliği borasida heç qanday fikr bildirmagan. Di Montedzemolo vakilining sözlarini Motorsport portali keltirmoqda.
Eslatib ötamiz, 16-avgust kuni Britaniyaning The Mirror naşri di Montedzemoloning Şumaxer borasida aytgan gaplarini keltirib, poygaçiga davolaş kurslari ta'sir qila boşlagani va uning soğayib ketişidan umid borligi haqida yozgan edi.
"Di Montedzemolo mana bir neça oydirki, Şumaxerning soğliği bilan boğliq heç qanday bayonot bergani yöq", - degan matbuot kotibi.
Mixael Şumaxer 2013-yil dekabr oyi oxirida Fransiyaning Meribel toğ kurortida çanğida uçayotgan vaqtda jiddiy jarohatlangan edi.

















