Javob berişga şoşilmay, suhbatdoşingizning siz haqingizdagi fikrini özgartirişingiz va hurmatga erişişingiz mumkin.

Muvaffaqiyatga qanday erişiş mumkinligi haqida yuzlab kitoblar va maqolalar yozilgan. "Tafakkur qil va badavlat böl" kitobi muallifi Napaleon Hill bu borada eng yaxşi maslahatlardan birini beradi. "Layfxaker" şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi.

"Biror nima deyişdan avval ikki martalab öylab köring, çunki sizning sözlaringiz va ta'siringiz tinglovçilar ongida muvaffaqiyat yoki omadsizlik uruğlarini ekadi".

Napoleon Xill

Uşbu umumiy qoidani muloqot paytida sizlarni bir zumda maşhur qiladigan va hurmatingizni oşiradigan  oddiy tryukkaça qisqartiriş mumkin - javob berişdan oldin bir soniya sukut saqlang.

Odatiy suhbatlaşiş davomidagi bu kiçik özgariş köp foyda keltirişi mumkin.

1. Boşqalarning gapini bölmayapsiz

Suhbatdoşimizning gapini bölişimiz hurmatsizlik belgisidir. Biz suhbatdoşimizning aytmoqçi bölgan gapini oldindan bilganimiz uçun uning gapini böladigan bölsak, bu uning zerikarli ekaniga şa'ma qilayotganimizdan ham dalolat beradi.

Javobda şoşilmaslik esa, suhbatdoşimiz va uning fikri bizga befarq emasligini körsatadi. Biz bu bilan hurmat körsatgan bölamiz, şu bois unga javoban özimiz ham hurmatga ega bölamiz.

2. Diqqatni jamlaşga ulgurasiz

Aksariyat kişilar biznes-muzokaralar paytida Maykl Masterson tomonidan ta'rif berilgan "Nişonga olmay öq uzing" usulidan foydalanişadi, ya'ni öylamay gapirişadi. Yoki suhbatga şu qadar berilib ketişadiki, bexosdan ortiqça gapirib yuborişadi.

Biroq har bir muloqotning aniq maqsadi bölişi kerak, ayniqsa biznesda. Aks holda, bu suhbatni boşlaşdan ne foyda? Javob borasida biroz öylanib, sizga va suhbatdoşingizga foyda keltiradigan kerakli sözlarni tanlab olişingiz mumkin.

3. Öz fikringizni ifodalaş osonroq böladi

Köpçilik suhbat davomida boğlovçi sözlar sifatida parazit sözlarni qöllaydi ("nima desam ekan", "bilasizmi", "nimadan boşlasam ekan?", "haligi"). Bu usul keyingi gapni öylab oliş uçun biroz vaqt beradi. Faqat bunday nutq unça işonarli çiqmasligini unutmang.