Dunyo xayolparastlarga töla. Atrofga qarang - biznes va brendingga oid kitoblarni öqişga köp vaqt va pul sarflaydiganlar yoki maxsus öquv seminarlariga qiziqib qatnayotganlar köpayib bormoqda. Şu kitoblar va seminarlarda foydali ma'lumotlar köp bölişiga qaramay, aksariyat özi orzu qilgan muvaffaqiyatga erişa olmaydi. Buning sababi esa oddiy: ular boşqalar bilan munosabatlari ustida işlaşlari kerak. Agar siz "hammasini töğri bajarib", hanuz maqsadingizga erişmaganlar orasida bölsangiz, quyidagi tavsiyalar hamkasblaringiz orasida hurmatga sazovor bölişingizda yordam beradi.

1. Qadr-qimmatingizni saqlang

Bu nafaqat nafis harakatlaniş, balki omma oldida özingizni qanday tutişingizni ham közda tutadi. Har qanday vaziyatda özingizni munosib tutişingiz, boşqalar bilan xuşmuomala bölişingiz va ularni hurmat qilişingiz zarur.

Kimlar uçundir xuşmuomalalik eskilik sarqiti va befoyda narsadek tuyulişi mumkin. Biroq aslida bunday emas. Agar siz yuqorida qayd etilgan sifatlar egasi bölsangiz, u holda takabbur, xudbin va agressiv odamlar orasida ajralib turasiz. Bunday salbiy xislatlar egalarining esa hurmat qozonişi qiyin.

Qadringizni bilib harakat qiling, sözlang va işlang. Mas'uliyatni his qiling va maqsad sari intiling.

2. Atrofingizdagilarni hurmat qiling

Boşqalarga hurmat bilan munosabatda bölsangiz, odamlar sizni körganidan xursand böladi. Ular sözlaringizga quloq tutib, sizning xatolarga yöl qöysa-da, bundan saboq çiqara oluvçi inson sifatidagi huquqingizni hurmat qilişadi.

Boşqalarga özligini namoyon qilişga imkon bering. Ular sizning yoningizda özlarini qulay his qilişlari kerak. Hamkasblaringizning fikri va şaxsiy çegaralarini hurmat qiling. Rahbarlik lavozimini egallaganingizda ham, kimdir sabringiz sinayotgandek tuyulganda ham şuni yodda tuting.

Hurmat bildiriş sizning har qanday xatti-harakatlarga çidaşingiz kerakligini bildirmaydi, albatta. Bu öz "men"ingizga qadr-qimmatingizni oyoqosti qiliş va obröingizga putur yetkazişga yöl qöymasligingiz kerakligini bildiradi. Ba'zan özingizning haqligingizni oxirigaça isbotlaşga urinişingizga hojat yöq, hatto haqiqat siz tomonda bölsa ham.

3. Imidjingiz borasida qayğuring

Inson va professional sifatida qanday şaxssiz? Aqlli, tajribali va jozibali bölsangiz-u, boşqalarga qöpol munosabatda bölsangiz, yuqoridagi fazilatlaringiz ahamiyatsiz böladi. Odamlar sizdan yuz ögiradi. Agar siz dangasa va tartibsiz bölsangiz, heç kim siz bilan işlagisi kelmaydi.