Forbes jurnali davlatlarning nufuzligi böyiça yangi reytingini e'lon qildi. Reyting Reputation Institute (RI) xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilib, unga 55 ta davlat kiritilgan. 

Ekspertlar reytingni tuzişda davlatlarning iqtisodiyoti rivojlangani, hukumatlari samaradorligi va yaşaş uçun jozibadorligini baholaşgan.

1-örin Şvetsiyaga berilgan, bu davlatda korrupsiya darajasi pastligi yuqori baholangan. 2- va 3-örinlarga Şveytsariya va Norvegiya loyiq topilgan. Yetakçi öntalikka Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Daniya, Avstraliya, Niderlandiya va Irlandiya ham kiritilgan.

Reytingda dunyoning yetakçi davlatlaridan AQŞ 36-örinni, Xitoy 45-örinni, Rossiya 51-örinni egallagan.

Reytingning oxirgi örinlarini Pokiston, Eron va Iroq egallagan.