Germaniyaning Deutsche Bank moliya muassasasi rahbariyati kompaniyaning korporativ telefonlarida WhatsApp kabi messenjer ilovalaridan foydalanişni taqiqladi. Bu haqda Bloomberg agentligi kompaniya xodimlari orasida tarqatilgan e'longa asoslangan holda xabar qilgan. 

"Biz bunday çoralar sizlarning har kunlik işingizni buzişini bilamiz. Biz taqiq natijasida sizga yetkazilayotgan noqulayliklardan afsusdamiz. Biroq, bu qadam,  Deutsche Bank me'yoriy va huquqiy talablarga javob berişni davom ettirişi uçun zarur", - deya e'londan iqtibos keltiradi agentlik. 

Bloomberg manbasining sözlariga köra, matnli xabarlarni, elektron maktublardan farqli ölaroq, kompaniya serverlarida saqlab bölmaydi. Şunga köra, WhatsApp, Google Talk va iMessage kabi ilovalar taqiqlanadi.