Nigeriyaning Madagali şahridagi dökonda 4 xudkuş xaridorlar orasida qölbola portlovçi qurilmalarni harakatga keltirişi oqibatida kamida 15 kişi halok böldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Terakt Nigeriyaning şimolidagi Adamava ştatida yuz bergan. Bu hududda eng yirik terrorçilik taşkiloti "Boko Haram" hisoblanadi, biroq politsiya vakili terakt ijroçilari va taşkilotçilari hozirça aniqlaştirilmaganini aytgan. 

Avvalroq Nigeriyada xavfsizlik kuçlari "Boko Haram"ning mamlakat şimolidagi bozorlardan birida terakt amalga oşirmoqçi bölgan 3 nafar ayol xudkuşini yöq qilgani ma'lum qilingandi.