Braziliyaning Riu-Grandi-du-Sul ştatidagi Natal şahrida joylaşgan turmada 14 yanvarda yuz bergan ğalayon vaqtida kamida 10 kişi öldirildi, deb ma'lum qildi ştat rahbariyati. 

Ğalayon kötarilişiga ikki raqib töda vakillarining töqnaşuvi sabab bölgan. Guruhlardan biri raqiblari joylaşgan blokka bostirib kirgandan keyin u yerda ommaviy muştlaşuv çiqqan. Ma'lumotlarga köra, 3 nafar mahbus boşidan judo qilingan. 

Folha de Sao Paulo portalining ma'lum qilişiça, 14 yanvar keçki vaqtga kelib, ğalayon davom etayotgan bölgan, u yerga harbiylaştirilgan politsiyaning kuçaytirilgan tuzilmalari jönatilgan. Braziliya adliya vazirligining ma'lum qilişiça, hozir 620 kişiga möljallangan uşbu turmada 1,1 ming mahbus saqlanmoqda,      

Yanvar boşidan Braziliyadagi turmalarda yuz bergan ğalayonlar oqibatida 100 kişidan köproq odam öldirildi. Roraym ştatidagi turmalardan biridagi ğalayon vaqtida kamida 33 mahbus, Manaus şahridagi ğalayon vaqtida esa 60 kişi halok bölgan.