Nyu-York meri Bill de Blazio va bir qator yulduzlar, jumladan aktyor Mark Ruffalo, kinorejissyor Maykl Mur va aktrisa Rozi Peres AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Trampning inauguratsiya arafasida unga qarşi ötkaziladigan norozilik namoyişiga qöşilmoqçilar. Bu haqda "Assoşieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz Vaşingtonga tahqirlaşlar va zararli siyosiy qarorlarga qarşi har bir bosqiçda, bugun, ertaga va har kuni kuraşişimizni ma'lum qilamiz", deb aytgan Mark Ruffalo.
Namoyiş taşkilotçilari Nyu-Yorkning minglab aholisi Trampga tegişli Trump International Hotel and Tower binosi oldida ötadigan namoyişda iştirok etişlarini kutmoqdalar.
Avvalroq Vaşingtonda 20 yanvarda Trampning inauguratsiyasiga xalaqit beriş maqsadida köp minglik namoyişlar ötkazilişi kutilayotgani ma'lum qilingandi.

















