Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Menga baribir»: Toshkentda inspektor ko‘z o‘ngida piyodani urib ketay degan qoidabuzar haydovchining harakatiga loqayd qaradi
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi qizil chiroq yonib turganida ham harakatlanishda davom etib, piyodani urib ketishiga bir baxya qolgan haydovchining harakatiga loqaydlik bilan qaradi. Bu vaziyat videoyozuvi YouTube portaliga joylashtirilgan.
Bu vaziyatda ortda kelayotgan haydovchilardan biri tomonidan olingan videoda ko‘rish mumkinki, Toshkent shahridagi «Minor» metro bekati oldidagi chorrahada Nexia avtomobili yo‘l harakati qoidasini qo‘pol ravishda buzib o‘tib, yashil chiroq yonganida piyodalar yo‘lagini kesib o‘tishga kirishgan yosh qizchaning ustiga yurib borgan.
Bu vaziyatda hech kim jabrlanmagan, lekin barchasi o‘ta yomon tus olishi ham mumkin edi, qoidabuzar qarama-qarshi yo‘nalishdan yurib, oldinga chiqib borgandi.
Videoda yana bir jihatga e'tibor berish kerakki, bu hodisa ro‘y bergan nuqtada Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektori kiyimidagi xodim ham bor edi, u ham yo‘lakdan o‘tayotgandi. Lekin u qoidabuzarning harakatiga hech qanday munosabat bildirmagan va yo‘lida davom etgan. Video muallifi bu jarayonda o‘zini tutib tura olmagan, signal chaqirib, inspektordan qoidabuzarni to‘xtatishni so‘ragan, ammo bu befoyda bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
17:35 / 15.05.2026