Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda 17 yanvar motam kuni deb e'lon qilinadigan bo‘ldi
Qirg‘izistonda 17 yanvar kuni 16 yanvarda Bishkekdagi "Manas" aeroporti yaqinida turk aviakompaniyasining yuk samolyoti qulashi oqibatida mahalliy aholi halok bo‘lgani sababli motam kuni deb e'lon qilinadigan bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot-xizmati ma'lum qildi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 35 nafarga yetgan. Voqea joyi vayronalardan tozalanmoqda. U yerda kinologlar itlar bilan ishlashmoqda. Halok bo‘lganlarning yaqinlariga ruhiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida chodirlar o‘rnatilgan.
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, fojiada jabrlanganlar bilan 14 ta tez tibbiy yordam brigadasi va 60 ga yaqin shifokor ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026