14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlarini har tomonlama tahlil qiliş hamda respublika hukumatining 2017 yil uçun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yönalişlari va ustuvor vazifalarini belgilaşga bağişlangan kengaytirilgan majlisi bölib ötdi. Unda davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev sözga çiqdi va turli sohalardagi bir qator muhim kamçiliklar haqida söz yuritdi. 

Jumladan, Özbekiston rahbari xotin-qizlar qömitasi raisiga bir qator vazifalar belgilab berdi.

“Bugun Boş vazir örinbosari – Xotin-qizlar qömitasi raisi T.Norboyevadan keçiktirib bölmaydigan quyidagi vazifalar böyiça javob berişni va ularni amalda hal etiş yuzasidan aniq takliflarni kutamiz. 

Birinçi vazifa – biz uçun muqaddas bölgan oila asoslarini yanada mustahkamlaş, xonadonlarda tinçlik-xotirjamlik, ahillik va özaro hurmat muhitini yaratiş, ma'naviy-ma'rifiy işlarni aniq mazmun bilan töldirişdan iborat bölmoği zarur. 

Ikkinçi vazifa – ayollar örtasida jinoyatçilik, oilalarda ajralişlar köpaygani, yoşlarning turli diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik taşkilotlar ta'siriga tuşişi kabi xalqimizga xos bölmagan aççiq va noxuş masalalar bilan boğliq. 

Uçinçi vazifa – ayollarni ularga munosib mehnat bilan bandligini ta'minlaş masalasidir. Ayollar uçun doimiy iş joylari yaratiş borasidagi muhim masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanaçilik, hunarmandçilik, tomorqa xöjaligini keng rivojlantiriş işlari ham oqsamoqda. 

Bu örinda rasmiyatçilikka, qoğozbozlikka, hatto közböyamaçilikka beriliş holatlari ham kam emas va bu haqda köplab haqqoniy misollarni keltiriş mumkin. Savol tuğiladi: kimni va nima uçun aldayapmiz? 

Şuning uçun Boş vazir örinbosari T.Norboyeva boşçiligida Xotin-qizlar qömitasi, Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi, “Nuroniy”, “Mahalla”, “Kamolot” tuzilmalari, Din işlari böyiça qömita, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari rahbar va mutasaddilaridan iborat işçi guruhlari taşkil etilsin. 

Uşbu guruhlar joriy yilning 20 yanvaridan boşlab Andijon, Farğona va Namangan viloyatlariga borib, uç oy davomida köçama-köça, xonadonma-xonadon yurib, mavjud vaziyatni çuqur va puxta örganadi, tahlil qiladi va joylardagi oddiy oilalardan, köpni körgan otaxon va onaxonlarimizdan ham takliflar oladi.