Parollarni saqlaş uçun möljallangan dastur Keeper yaratuvçilari akkauntlarni himoyalaş uçun qöllanadigan, eng köp tarqalgan parollar röyxatini çop etdi.

Mutaxassislar 10 mln akkaunt haqidagi ma'lumotlar bazasini tahlil qilib, eng ommaviy parollar röyxatini tuzişdi. Ular "123456" paroli hali ham bu röyxatning birinçi poğonasini egallayotganini aniqlaşgan. Foydalanuvçilar bu "oson" paroldan voz keçişni istaşmayapti.

Röyxatda murakkab parollar ham bor, biroq ularni aniqlaş uçun bir neça soniyagina kifoya qiladi. "18atcskd2w" yoki "3rjs1la7qe" kabi parollar katta qiziqiş uyğotadi. Bu ğalati parollarning ommabopligi ularni botlar işlatişi bilan tuşuntiriladi. Bunday parolli akkauntlar spam tarqatiş uçun poçta xizmatlarida röyxatdan ötadilar.

Quyida 25 ta eng keng tarqalgan parollar röyxati keltirilgan

Xöş unda töğri parolni qanday yaratiş kerak? Quyida bu böyiça maslahatlar berilgan.

1. Parol qançalik uzun bölsa, uning işonçliligi şunça yuqori böladi. 4-6 belgidan iborat parollar örniga juda bölmasa 8-12 simvolli parollardan foydalaniş afzalroq, çunki bunday parolni buzib kirişga ança soat, ba'zida esa kunlar ketadi.
2. Parollarni terayotganda raqamlar, boş va kiçik lotin harflaridan foydalaning.
3.  Parolni yaratişda ism-familiyangizning bir qismi hamda tuğilgan kuningizni işlatmang.  Şuningdek, akkaunt röyxatdan ötayotgan vaqtda joriy yil va akkaunt oçilgan sanani körsatmaslik tavsiya qilinadi.
4. Iloji bölgan joyda ikki bosqiçli röyxatdan ötişni yoqib qöying.
5. Turli saytlar uçun turli parollar tanlang.