1 yanvar kunida Istanbuldagi Reina tungi klubiga avtomat bilan qurollangan holda bostirib kirib, odamlarni qirğin qilganlikda gumonlanib qölga olingan özbekistonlik Abdulqodir Maşaripov öz aybiga iqror böldi. Bu haqda jurnalistlarga Istanbul gubernatori Vasip Şahin ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq hukumat Istanbulda yangi yil keçasida amalga oşirilgan terakt ijroçisi Özbekiston fuqarosi Abdulqodir Maşaripov ekanini tasdiqlagandi.
Abu Muhammad Xurosoniy taxallusiga ham ega bölgan Maşaripov 1983 yilda Özbekistonda tuğilgan, 4 tilni biladi, Afğonistonda harbiy tayyorgarlikdan ötgan.
Taxminlarga köra, u 2016 yil yanvarida Turkiyaga kelgandi.
Gubernatorning sözlariga köra, söroq jarayonida Maşaripov barça aybini tan olgan. Bundan taşqari, uning barmoq izlari jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlariga mos tuşgan.
Terrorçi Yangi yil oqşomida Istanbulning Reina klubiga bostirib kirdi va odamlarni "ov qila boşladi". Bu vaqtda bino hududida 700 çoğli kişi bölgan. Terrorçi 180ta öq uzgan, uning hujumi oqibatida 39 kişi qurbon bölgan va 69 nafari şifoxonaga yotqizilgandi.

















