Turkiya sudi 2017 yil 1 yanvarga ötar keçasi Istanbuldagi tungi klublardan birida terakt sodir etgan, asli özbekistonlik bölgan Abdulqodir Maşaripovni 1368 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Ta'kidlanişiça, Turkiyada bu jazo muddati 40 ta umrbod qamoq jazosiga teng hisoblanadi.

Terrorçi 39 kişini qasddan öldirişda, öldirişga suiqasd qilişda, qurol saqlaş qoidalarini buzişda aybdor deb topilgan. 

Maşaripov Turkiyaga 2016 yilda kelgan. Ayblanuvçi tergov davomida öz aybini tan olgan. Turkiya politsiyasi u ijaraga olgan uyni tintuv qilganda 150 ming dollar topgan. Dastlabki versiyalardan biriga köra, Maşaripov jinoyatni ğoyaviy qaraşlar negizida emas, balki aynan pullar uçun sodir etgan. Biroq keyinroq uning terrorçilarga aloqadorligi örnatilgan. U 2017 yilning 16 yanvarida qölga olingan.

Maşaripov Yangi yilning ilk soatlarida Istanbul şahridagi Örtaköça tumanida joylaşgan Reina tungi klubiga Kalaşnikov avtomati bilan bostirib kirib, odamlarni öqqa tutgan. Hujum vaqtida 39 kişi, jumladan, Rossiya, Iordaniya, Marokaş, Saudiya Arabistoni, Livan, Liviya va Isroil fuqarolari halok bölgan. 70 ga yaqin odam yaralangan. Hujum vaqtida klubda 700 dan köproq kişi Yangi yilni nişonlayotgan bölgan. 

Terakt uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.