Oslo şahri markaziga dizelli avtomobillarning kirişi taqiqlandi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda. Ma'lumotlarga köra, çeklov yomonlaşib borayotgan ekologik holat tufayli kamida ikki kun davom etadi. Bu Norvegiya poytaxtida birinçi marta amalga oşirilmoqda.

Oslo markaziga “oğir” yoqilğiga ega bölgan avtomobillar içidan faqatgina jamoat va maxsus transport, şuningdek zamonaviy dvigatellarga ega yuk maşinalari kirişi mumkin. Qoidabuzarlar 165 yevrolik jarimaga tortiladi. Çeklov soat 6.00 dan 22.00 gaça amal qiladi.

Hukumat bunday qaror poytaxtdagi havo ifloslaniş darajasining yuqoriligi, bu esa nafas oliş yöllari bilan boğliq xastaliklardan aziyat çekuvçi fuqarolarga noqulaylik tuğdirişi sababli qabul qilinganini ma'lum qilgan. Taqiqlov ikki kundan söng – ekologik holat yana bir bora örganib çiqilgaç, qayta körib çiqilişi mumkin. 

Norvegiyaliklarning aksariyati bunday qarorni qöllab-quvvatladi va dizelli avtomobillardan butunlay voz keçişga çaqirişdi. Odatda, dizel motorlari atmosferaga kamroq karbonat angidrid çiqaradi, biroq yuqori darajadagi azot dioksidini ham çiqarib taşlaydi.

2016 yil oxirida Ispaniya poytaxti Madrid şahrida ham avtomobillarning yarmiga şahar markaziga kiriş taqiqlangandi. Şahar hukumati harakatni toq va juft sonli avtomobil raqamlariga köra çeklaşgan. Çeklov havo ifloslanişining yuqori darajasi sabab joriy qilingan.