Aeroport ustidagi havo hududi mahalliy vaqt bilan soat 20:30 atrofida yopilgan. Kopenhagen politsiyasi ta’kidlaşiça, ikki yoki uçta yirik dron parvozi qayd etilgan.

«Heç bir samolyot havoga kötarila olmaydi va qöna olmaydi», – dedi aeroport matbuot kotibi Liz Agerli Kurşteyn. Uning sözlariga köra, 15 ga yaqin reys boşqa aeroportlarga yönaltirilgan.

Şahar politsiyasi navbatçi ofitseri Annette Ostenfeldt AFP agentligiga bergan izohida rasmiylar tergov olib borayotganini ma’lum qilgan. Dronlar harbiy yoki fuqarolik dronlari bölgani hozirça ma’lum emas.

«Ammo ular xususiy şaxs sotib olişi mumkin bölgan dronlardan kattaroq ekani aniq», – deya qöşimça qildi u.

Taxminan tört soatdan söng, seşanbaga ötar keçasi parvozlar qayta tiklandi. Flightradar24 xizmati ma’lumotlariga köra, yopiliş davrida jami 50 ga yaqin reys zaxira aerodromlarga yönaltirilgan.

«Kopenhagen aeroporti dronlar parvozi tufayli yopilganidan keyin öz işini davom ettirmoqda. Biroq reyslar keçikişi va bekor qilinişi holatlari böladi. Yölovçilarga öz aviakompaniyalari ma’lumotlarini kuzatib boriş tavsiya etiladi», – deyiladi aeroportning X ijtimoiy tarmoğidagi xabarida.

Kopenhagen aeroportidagi politsiyaçilar. Foto: AFP via Getty Images

Norvegiya poytaxti Oslodagi «Gardermuen» aeroporti ustida ham bitta noma’lum dronni payqaşgan, şu sababli havo hududini yopişga töğri kelgan.

Aeroport vakillarining mahalliy OAVga ma’lum qilişiça, yopiliş 12-14 reysga ta’sir qilgan. Flightradar24 ma’lumotlariga köra, ularning bir qismi, xususan, Antalya, Malaga va Mançesterdan uçgan reyslar Osloga eng yaqin Bergen aeroportiga yönaltirilgan.

Soat 3:38 da poytaxt aeroporti kommunikatsiyalar bölimi rahbari Monika Fasting VG (Verdens Gang) naşriga havo hududi yana oçilgani va seşanba kuni ertalabdan parvozlar odatdagidek amalga oşirilişini ma’lum qildi.

Avvalroq, duşanba kuni Oslo markazida dronlar uçirilişi holati böyiça ikki kişi qölga olingan edi.

Daniya politsiyasi esa Norvegiya rasmiylari bilan ikki davlat havo hududidagi hodisalar örtasida boğliqlik bor-yöqligini aniqlaş uçun hamkorlik qilişini ma’lum qildi.