Avinor operatoriga köra, Norvegiya poytaxti Oslo aeroporti 6 oktyabr, duşanba kuni aeroport yaqinida dron aniqlanganidan keyin bir yoki bir neçta qönişlarni töxtatdi. NTB axborot agentligi xabariga köra, politsiyaga yarim tunda (Toşkent vaqti bilan 03:00) Norwegian Air aviakompaniyasi uçuvçisi qönişga yaqinlaşayotganda uçtadan beştagaça dronni payqagani haqida xabar kelgan. Buni keyinroq tasdiqlaşning imkoni bölmadi.
«Bir yoki bir neçta samolyot vaziyat aniq bölgunga qadar havoda kutişga majbur böldi. Boşqa aeroportlarga qayta yönaltiriş bölmagan», — deya xabar berdi Avinor vakili. Operator ma’lumotlariga köra, aeroport işida boşqa heç qanday uzilişlar qayd etilmagan. Tez orada aeroportda töliq havo qatnovi tiklandi.
Oxirgi haftalarda Yevropa aviatsiyasi dronlar va havo hududining buzilişi haqidagi xabarlar tufayli bir neça bor muammolarga duç keldi.
Oslo aeroporti 23 sentabrga ötar keçasi yaqin atrofda uçuvçisiz uçoqlar aniqlangani sababli öz faoliyatini töxtatib qöygan edi. Rasmiy ravişda kimga tegişli ekani aniqlanmagan dronlar Norvegiyaning boşqa hududlarida, şuningdek, Daniyada ham kuzatilgan va ular bir neça aeroportlarning yopilişiga olib kelgan.
Sönggi paytlarda Vilnyus va Myunxen aeroportlarida ham dronlar iş töxtaşiga sababçi böldi.

















