Venesuela muxolifati rahbari Mariya Korina Maçadoning qizi çorşanba, 10 dekabr kuni Osloda 2025 yilgi tinçlik böyiça Nobel mukofoti topşiriş marosimida nutq sözladi, çunki uning onasi marosimda şaxsan iştirok eta olmadi. Nufuzli mukofotni qabul qilib olgan Ana Korina Sosa Maçado onasi nomidan Venesuela amaldagi hukumati tomonidan amalga oşirilayotgan «davlat terrorizmi»ni qoraladi.
«Bu – BMT tomonidan hujjatlaştirilgan insoniyatga qarşi jinoyatlar. Xalq irodasini böğiş uçun qöllanayotgan davlat terrorizmi», — dedi u.
Nutqda ta’kidlanişiça, prezident Nikolas Maduro hukmronligi davrida mamlakatda 2500 kişi «öğirlangan, bedarak yöqolgan, qiynoqqa solingan».
«U (Venesuela — tahr.) dunyoga demokratiya tinçlik uçun zarur ekanini esga soladi. Va eng muhimi, venesuelaliklar dunyo bilan bölişişi mumkin bölgan saboq şundan iboratki, uzoq va oğir yölda şakllangan bu xulosa quyidagiça: agar biz demokratiyani istasak, erkinlik uçun kuraşişga tayyor bölişimiz kerak», — dedi Mariya Korina Maçado.
«1999 yildan beri rejim bizning demokratiyamizga putur yetkazişga, uni yöq qilişga bel boğlagan», — deya qöşimça qildi u.
Maçado Venesuela xalqining demokratik huquqlarini himoya qiliş yölidagi «tinmay olib borgan faoliyati» uçun mukofotga sazovor böldi. Nobel qömitasi uni diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinç yöl bilan ötiş uçun olib borgan kuraşidagi hissasi uçun alohida qayd etdi.
Odatda 10 dekabr kuni Nobel mukofotini topşiriş marosimi ötadigan Oslo meriyasi binosida tabassum qilgan muxolifatçi Maçadoning katta portreti ilib qöyildi. 58 yoşli Venesuela muxolifati rahbari mamlakat hokimiyati tomonidan unga qöyilgan ön yillik çiqiş taqiqiga qaramasdan, mukofotni şaxsan qabul qilib olişni rejalaştirgan edi. Biroq u marosimda iştirok etiş uçun öz vaqtida Norvegiya poytaxtiga yetib kela olmadi.
«Men hozir Osloga yöl olganman», — deya Maçadoning ovozli xabaridan iqtibos keltirdi Nobel qömitasi marosimda.
Bundan oldin Mariya Korina Maçado Osloga yetib kelişi, u yerda «marosimda qatnaşa olmasa-da, xavfsizligini ta’minlaş imkoni bölişi» haqida xabar qilingan edi. «U aniq qaçon qönişini bilmaymiz, ammo bu bir sutka içida röy beradi», — dedi Reuters agentligiga Nobel instituti rahbari Kristian Berg Xarpviken. Maçado aynan qayerdan boğlangani noma’lum bölib qoldi.

















