1 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:15da Istanbulning Beşiktoş tumanidagi Reina tungi klubiga qurolli hujum uyuştirgan terrorçi Abdulqodir Maşaripov Özbekiston fuqarosi ekani tasdiqlandi.
«Anadolu» agentligi xabariga köra, öziga Abu Muhammad Xurosoniy laqabini orttirgan Abdulqodir Maşaripov Farğonaning Qöqon şahrida röyxatda turgan. U 6 yil muqaddam Özbekistondan Afğonistonga ötgan va şundan keyin ortga qaytmagan. Uşbu şaxs terrorçilik guruhiga a'zoligi tufayli Özbekistonda qidiruvdagi şaxslar röyxatida bölgan.
Özbekiston xavfsizlik xizmati vakillari Turkiya tomoni bilan Abdulqodir Maşaripov işi böyiça yaqin aloqada ekani, terrorçining harakati böyiça tergovda mavjud ma'lumotlarni taqdim etişga tayyorligi ma'lum qilingan.
Bundan oldingi xabarlarda Maşaripov 1983 yilda Özbekistonda tuğilgani, 4 tilni bilişi, Afğonistonda maşğulot ötagani, puxta tayyorgarlik körgan terrorçi ekani aytilgandi. U 2016 yilning yanvarida Turkiyaga kirib kelgan. Şundan söng, Istanbulga kelib, kvartira ijaraga olgan, terakt sodir etişdan oldin esa turar-joyini tez-tez özgartirib turgan.
U Reina tungi klubiga uyuştirgan hujum oqibatida 39 kişi halok bölgan, 69 kişi jarohatlangandi.
Bu terakt uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga oldi, ammo birinçi kunlarda terakt ijroçisidan darak yöq edi.
Avvaliga uşbu terrorçi Turkiyadan çiqib ketgan bölişi mumkinligi aytilgandi. Ammo voqeadan 16 kun ötgaç uni Turkiya maxsus xizmatlari Istanbulning Esonyurt tumanidagi kvartiradan topişdi. U tez orada barça ayblovlarni tan oldi.

















