Milliarder Uilbur Ross şaxsiy sarmoyaviy biznesidagi uluşini sotib yubormoqçi. U bunday qarorga AQŞ savdo vaziri bölib tasdiqlansa, yuzaga kelişi mumkin ehtimoliy davlat va biznes manfaatlari töqnaşuviga duç kelmaslik maqsadida kelgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar bermoqda.
AQŞ senatida Rossni savdo vaziri etib tasdiqlaş böyiça eşituvlar bugun bölib ötadi.
Işbilarmon hajmi 50 million dollar bölgan fondini boşqaruvçi Invesco Ltd kompaniyasidagi uluşini sotib yuborişga rozi böldi. Şuningdek, u qiymati 77 dan 209 million dollargaça bölgan boşqa aktivlaridan ham voz keçişga tayyor.
Forbes jurnaliga köra, Rossning davlati 2,5 milliard dollarni taşkil etadi. Tramp 79 yoşli işbilarmon vazir etib tasdiqlansa, “halol” savdo bitimlari imzolanişi hamda Xitoy va Meksika kabi davlatlar bilan savdo defitsitining kamayişi uçun harakat qilişiga umid bildirmoqda.
Trampning özi esa prezident bölib saylanganidan söng, biznesini sotişdan boş tortdi hamda uning boşqaruvini öğillariga topşirdi.

















