Xitoyning Xunan provinsiyasidagi bankda faoliyat yurituvçi xodim mijozlardan birining hisobiga adaşib 1,2 milliard yuan (174 million dollar) ötkazdi. Bu haqida Sohu portali xabar berdi.
Hodisa bankning Vançen uyezdidagi Rural Commercial Bank bölimida yuz berdi. Ma'lum bölişiça, bank xodimi summa kiritiladigan satrga adaşib mijozning bank hisob raqamini kiritgan - 1212405269.
Şu tariqa, mijoz hisobiga 1,212 milliard yuan ötkazilgan. Bir neça soatdan keyin bank xodimlari xatoga yöl qöyganliklarini anglab yetişdi va mijozdan yana bir bor bölimga kelişni söraşdi. Buning evaziga unga sigareta paçkasi va pul mukofoti hadya qilindi, biroq mukofot summasi haqida ma'lumot berilmadi.













