Jones Lang LaSalle konsalting agentligi "Şaharlarning 2017 yildagi rivojlaniş indeksi"ma'ruzasiga oid ma'lumotlarni çop etdi va eng dinamik rivojlanib kelayotgan hududlar haqida ma'lumot berdi.
Asosiy rol - texnologiyalar va innovatsiyalarda
"Şaharning iqtisodiyotdagi tezkor özgarişlardan maksimal foyda oliş xususiyati uning dunyo maydonidagi raqobatbardoşlik xususiyatini belgilab beradi", - deyiladi "Şaharlarning 2017 yildagi rivojlaniş indeksi"ma'ruzasida.
Dunyo aholisining yarmidan köpi şaharlarda yaşaşi, urbanizatsiya darajasi esa eksponentsial ösişi tufayli şaharlar muvaffaqiyati asta-sekinlik bilan katta ahamiyat kasb etib boradi. Şahar taraqqiyoti sur'atlarini belgilab beruvçi omillar - bu texnologiya va innovatsiyalar. Uşbu harakatga keltiruvçi kuçlarni eng yaxşi qabul qiluvçi va qöllovçi şaharlar ğoliblar orasida bölişlari mumkin.
JLL tadqiqotiga köra, eng dinamik rivojlanuvçi 30 şaharning yarmidan köpi Osiyo-Tinç okeani mintaqasida joylaşgan. Reytingdagi birinçi örin Hindistonning AT-poytaxti Bangalorga nasib etdi. Bundan taşqari, Hindiston tezkorlik bilan rivojlanayotgan şaharlar soni böyiça hatto Xitoyni ham ortda qoldirib, yetakçilikni qölga kiritdi.
Şunisi ayonki, bu şaharlar bir-biri bilan uzviy aloqa örnatmoqda va ösiş sur'atlari böyiça öz milliy iqtisodiyotlarini ham ortda qoldiradi. Ularni yana bir umumiy belgi birlaştiradi: ular tadqiqot va ta'lim resurslarini asosiy öringa çiqarib va infratuzilma rivojiga tnvestitsiya kiritib, öz muvaffaqiyatlarini mustahkamlaşmoqçi.
Ekologiya va hamyonbop köçmas mulk — qöşimça omillar
Yaşaş qulayligi ham şaharlar taraqqiyotidagi eng muhim omillardan biri bölib bormoqda. Masalan, böş turar-joy va tijorat inşootlarining yöqligi tufayli San-Frantsisko bu yil 21-öringa tuşib ketdi, Hongkong esa umuman reytingga kiritilmadi. Şuningdek ekologiya ham taraqqiyot dinamikasiga ta'sir körsatadi. Nobop ekologiya tufayli Dehli (23-örin) va Pekin (15-örin) top-10 reytingiga kira olmadi.
Şaharlar har yili öz pozitsiyasini özgartirişiga qaramay, uç hudud har yili top-10 röyxatidan joy oladi - bu London, Şanxay va Kremniy vodiysi.














