Istanbuldagi Reina tungi klubida köplab insonlarning hayotiga zomin bölgan terrorçi Abdulqodir Maşaripov rejasi avvaliga qanday bölganini aytib ötdi. Bu haqda The Hurriyet Daily News xabar berdi.

Maşaripov sözlariga köra, u “Al-Qoida”ning Iroqdagi lagerida tayyorgarlikdan ötgan, keyinçalik IŞID safida Suriyadagi janglarda qatnaşgan. Amirlardan biri unga Turkiyaga jönab, u yerda terakt amalga oşiriş haqida buyruq bergan. Maşaripov mamlakatga Eron orqali yetib borib, Konya viloyatida bir neça oy davomida yaşagan. U Yangi yildan bir neça kun muqaddam Raqqadan yangi buyruq oldi: Taqsim maydonida terakt uyuştiriş. Biroq terrorçi rejasini özgartirişiga töğri kelgan.

«Men Yangi yil arafasida Taqsimga borib, maydon juda ham kuçli qöriqlanişiga guvoh böldim, — dedi u söroq çoğida. — Hujumni amalga oşiriş oson bölmadi. Şundan söng men amir bilan aloqaga çiqib, yangi vazifani qabul qilib oldim – bu tumandagi boşqa nişonni topiş. Men taksi uşlab, qidiriş işlarini boşladim. Tungi klub ança yaxşi joy bölib tuyuldi, qöriqlaş xizmati unçalik kuçli emas. Biz bu variantda töxtaşni ma'qul topdik».

Ma'lumot uçun, Maşaripov birinçi yanvarga ötar keçasi Istanbuldagi Reina köngiloçar klubida terakt sodir etdi. U avtomat bilan qurollanib, dastlab qöriqçini otgan, söngra, 700 kişi bölgan klubga kirgan. Tergov ma'lumotlariga köra, u bir neça yuz marta öq uziş çoğida 6ta öqdonni böşatgan. Buning oqibatida 39 kişi hayotdan köz yumdi. Jinoyat uçun mas'uliyatni IŞID öz zimmasiga oldi.