Poyezd Qozog‘iston, Rossiya, Belorus, Polsha, Germaniya, Belgiya va Fransiya mamlakatlari orqali o‘tib kelgan. Yo‘nalishning umumiy uzunligi – 12 mingdan ortiq kilometrni tashkil etib, poyezd bu yo‘lni 18 kunda bosib o‘tgan.
Ta'kidlanishicha, London Yevropadagi Xitoy bilan temir yo‘l yuk tashuvlarni amalga oshiruvchi 15-shaharga aylandi.
Sinxua agentligining Xitoy temir yo‘l korporatsiyasiga asosan xabar berishicha, yangi yo‘nalish Xitoy va Buyuk Britaniya o‘zaro savdo aloqalarini mustahkamlaydi, shuningdek, Xitoyning “bir kamar – bir yo‘l” tashabbusidagi maqsadlarga xizmat qiladi.











