
1921 yilda Karl Gustav Yung psixologik turlar tushunchasini joriy qildi. O‘shandan buyon odamlar o‘zlarini qaysi turga kirishlari borasida ikkilanishadi – introvert yoki ekstravert, olimlar esa qaysi turga kiruvchi odamlarning aqlliroq ekani borasida bosh qotirishadi. "Layfxaker" introversiya va ekstraversiyaga oid bahslarga nuqta qo‘yishga qaror qildi.
Introvertlar kimlar?
Introvert — energiyasi ichki olamiga yo‘naltirilgan kishi. U o‘zi bilan o‘zi zerikmaydi. U xotirjam va sermulohaza, detallarga e'tiborli va qarorlarda ehtiyotkordir.
Introvertlar ba'zan ma'yus, kamgap va mutlaqo asotsialdek tasavvur uyg‘otadi. Biroq aslida ular juda yaxshi insonlar. Shunchaki ijtimoiy aloqalar ularning energiyasini tortib oladi.

Introvertning yaqin doirasida - ikki-uch kishigina mavjud. Begonalar bilan kamgap bo‘lgan introvert o‘ziga yaqin kishilar bilan qiziq mavzularni soatlab muhokama qilishga tayyor.
Introvert uchun yolg‘izlik — kimningdir hayotiga aloqadorligi yo‘qligi. U hatto ko‘pchilik ichida ham o‘zini yolg‘iz his qilishi mumkin. Sevimli kitob mutolaasi yoki mazmunli sayr — introvert uchun kuchlarni qayta tiklashning eng yaxshi usuli.
Ekstravertlar kimlar?
Ekstravert — energiyasi tashqi dunyoga yo‘naltirilgan inson. U xushmuomala, ochiq va faol. Hamma narsaga ijobiy tomondan yondashadi. Tashabbus ko‘rsatish va yetakchi bo‘lishdan qo‘rqmaydi.
Ekstravertlar tez qizishib ketishi tufayli ba'zan bema'nidek ko‘rinishadi. Biroq hissiyotga berilishni yuzakilik bilan adashtirmang.

Ekstravertlar boshqalar bilan muloqotdan energiya olishadi. Ekstravert uchun yolg‘izlik — atrofda hech kimning yo‘qligi, suhbatdosh topa olmaslik. Ularning do‘stlari va oshna-og‘aynilari ko‘p.
















