Yangi yilning birinçi haftasida butun dunyoda 15 249 ta reys bekor qilingan va 161 360 ta reys keçiktirilgan.

Yevropada parvozlar jadvalidagi jiddiy töxtaşlar Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroportda qayd qilingan.

Şimoliy Amerikada joylaşgan Şarlott/Duglas 2017 yilning ilk haftasida 505 reysni bekor qilgan va 1,3 ming parvozni keçiktirgan. Bu körsatkiçlar AQŞning Xartsfild-Jyekson aeroportida mos ravişda 445 va 2,5 ming reysni taşkil qilgan.

Bu haqda FlightStats agentligi mutaxassislari ma'lum qilişdi. Ular 2017 yilning ilk haftasida parvozlarni eng köp bekor qilgan va keçiktirgan aeroportlarni aniqlaşdi.

AQŞning 40 ştatida 2017 yil boşida ştormdan ogohlantiriş qilingan. Şimoliy Amerikaga bu davr içida bekor qilingan barça reyslarning yarmi töğri keladi (7,6 mingdan köproq reys).

Yevropada esa jiddiy töxtaşlar Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroport parvozlar jadvalida kuzatilgan. Agentlik ma'lumotlariga köra, bu yerda 606 ta reys bekor qilingan va 378 reys keçiktirilgan. Istanbulning Sabixi Gekçen nomidagi boşqa bir aeroportida 91 reys bekor qilingan va 302 reys keçiktirilgan.

Osiyoda Xitoyning ikkita aeroporti – Xenan viloyatidagi Çjençjou Sinçjen va Çjendin aeroportlarida muammolar yuzaga kelgan. Ikkala aeroportda umumiy hisobda 550 ta reys bekor qilingan va 1,1 mingta reys keçiktirilgan.

FlightStats talqiniga köra, 2016 yilning eng punktual aviakompaniyasi Ispaniyaning Iberia’si bölgan.