1 yanvar kuni Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum qilib, 39 kişining hayotiga zomin bölgan Abdulqodir Maşaripovning turmuş örtoği uning qölga olinişida muhim rol öynadi. Bu haqida Turkiyaning Daily Sabah naşri xabar berdi.
Ismi şarifining faqat birinçi harflari ma'lum qilingan (F.A.) Maşaripovning turmuş örtoği Istanbulning Başakşehir tumanidagi kvartirada eri va ikki farzandi bilan yaşagan. 6 yanvar kuni, ya'ni hujumdan bir neça kun ötgaç, IŞID terrorçi guruhi Maşaripovga boşqa yerga köçib ötişni buyurgan. Terrorçi ayolining e'tirozlariga qaramay, 4 yoşli öğlini özi bilan olib ketgan.
Manbaga köra, eri va öğli ketganidan söng F.A. terrorçi guruhning boşqa a'zolaridan Maşaripovning boşqa - 27 yoşli senegallik ayolga (Dina A.) uylanganidan xabar topgan. Turk xavfsizlik xizmati xodimlari Istanbuldagi Pendik hududidagi kvartirada terrorçini qölga olgan vaqtda senegallik ayol u bilan birga bölgan.
Söroq paytida F.A. turk politsiyasiga qimmatli ma'lumotlarni yetkazgan. Gubernator Vasip Şaxinning sözlariga köra, F.A.dan olingan ma'lumotlar terrorçini qölga olişda samarali qöllangan.
Hozirda Maşaripov Istanbuldagi Vatan avenyusida qattiq qöriqlanayotgan politsiya uçastkasidagi bir kişilik kameraga joylaştirilgan. Xavfsizlik ekspertlarining sözlariga köra, Maşaripovning tirik holda qölga olinişi politsiya uçun katta muvaffaqiyatdir.

















