Istanbul yaqinidagi Tuzla tumanidagi verfda Turkiyaning ilk fregati "Istanbul"ning birinçi seksiyasini payvandlaş marosimi bölib ötdi. Fregat "Milliy kema" (MİLGEM) loyihasi doirasida loyihalangan.
Marosimda Turkiya mudofaa vaziri Fikri Işik va harbiy-dengiz kuçlari qömondoni admiral Bulent Böstonöğlu iştirok etgan.
Işikning aytişiça, turk tomonining loyihani amalga oşirişdagi iştiroki 65 foizni taşkil qiladi. Kemalarni quriş va jihozlaşda 50 dan köproq mahalliy taşkilot va kompaniya iştirok etmoqda.
Mudofaa vaziri, şuningdek, Turkiya qurolli kuçlarining harbiy kemalarga barça ehtiyoji mahalliy verflar hisobiga qanoatlantirilişini aytdi.
"Harbiy kemalar qurilişi Tuzla tumanidagi 7 ta xususiy verf hamda Turkiya mudofaa vazirligi hisobidagi verflarda davom etmoqda. Kemalarning qurilişiga 5,5 mlrd dollar ajratilgan", deb ta'kidlab ötdi Işik.
Uning aytişiça, fregatlar, patrul katerlari, yordamçi kemalar va tezyurar katerlarning qurilişi loyihasini amalga oşiriş uçun 12 mlrd dollar ajratiş rejalaştirilgan.
"Kemalarni jihozlaş ularni qurişdan qimmatroq tuşadi. Şuning uçun Turkiya mahalliy jangovar tizimlarni işlab çiqarişni yölga qöymoqçi va bu yönalişda katta taraqqiyotga erişmoqçi", deb ta'kidlab ötdi Işik.

















