Jahon | 16:40 / 22.01.2017
15223
3 daqiqa o‘qiladi

Oq uy jurnalistlari Donald Trampga o‘z talablari bitilgan "ochiq maktub" yo‘llashdi

Donald Tramp ma'muriyati faoliyatini yoritib boruvchi Oq uy jurnalistlari yangi prezidentga ular Tramp bilan qanday ishlashi qayd etilgan ochiq xat yozishdi. 
“OAV bilan o‘zaro hamkorlik qilishda o‘zingiz hal etadigan shaxsiy qoidalaringiz bor ekan, biz ham o‘z qoidalarimiz haqida so‘zlab berishga qaror qildik. Bu siz o‘z ta'siringizni o‘tkazmoqchi bo‘lgan yoritilish hajmi va materiallar kattaligiga taalluqli. O‘quvchilarimiz, tinglovchilarimiz va tomoshabinlarimizga ma'lumotlarni qay tarzda yaxshiroq yetkazib berishni siz emas, biz hal etamiz” - deyiladi AQSh Press Corps vakillarining yozgan iqtibosida. Bu haqida Colimbia Journalism Review xabar beradi

Xatda bayon etilgan asosiy shartlar: 

Ruxsat.

U maqsadga muvofiq, biroq dolzarb emas. Fikrimizcha, muxbirlarga sizning ma'muriyatingizga kirishga ruxsat bermasak, bu siz tomondan xato bo‘ladi. Biroq har qanday holatda ham qaror qabul qilish sizdan. Biz axborot olishda boshqa yo‘llarni izlash uchun yetarlicha malakaga egamiz. Bundan tashqari, sizning saylovoldi kampaniyangiz vaqtida tayyorlangan eng yaxshi jurnalistik materiallar ham hozirda kirishi cheklanib qo‘yilgan nashrlar tomonidan yozilgan. 

Yozuv ustida nima deyilishi kerak yoki kerak emasligini — siz emas, biz hal etamiz. Biz ma'muriyatingizdagi biron kimsa bilan yozuvsiz suhbat olib borishga rozi bo‘lishimiz va shu bilan birga, rozi bo‘lmasligimiz ham mumkin.
Efirda sizga yoki sizning spikeringizga qancha vaqt berish kerakligini biz hal etamiz. 

Biz obektiv haqiqat borligiga ishonamiz va uni olg‘a suramiz.
Biz o‘zimiz uchun avvalari bo‘lmagan eng yuksak standartlarni qo‘yamiz.
Biz hamjihatlikda ishlaymiz. Siz jurnalistlar hamjamiyatini ajratib yuborishga uringan edingiz, biroq u kunlar nihoyasiga yetdi. 
Biz uzoq muddatli o‘yinlar uchun hozirlanganmiz. Siz o‘z lavozimingizda 8 yil bo‘lasiz. Bizning kasbimiz esa sizdan avval ham bo‘lgan, keyin ham davom etadi.

Bizning demokratiyadagi rolimiz yana va yana mustahkamlanaveradi. Siz bizlarni  "Biz kimmiz va nima uchun ishlaymiz?" kabi asosiy masalalarni o‘ylab chiqishimizga majbur qildingiz. Buning uchun sizdan minnatdormiz.

Mavzuga oid