Fransiya sobiq prezidenti Jak Şirak nomzodi Nobel tinçlik mukofotiga da'vogar sifatida ilgari surildi. Bu haqda Le Figaro gazetasi xabar berdi. Uning ma'lumotlariga köra, tarjimai hol va maxsus maktub Nobel qömitasiga 23 yanvar kuni yuborilgan.
Jak Şirak nomzodini “köp tomonlama dunyoni yaratiş jarayoniga qöşgan hissasi uçun” oliy xalqaro mukofotga qöyiş haqidagi taklif uning siyosiy tarafdorlari va döstlari tomonidan bildirilgan. Ular orasida – Fransiya milliy yiğilişi sobiq raisi Bernar Akuayye, sobiq boş vazir Jan-Per Raffaren, şuningdek Jak Şirakning kuyovi va Yelisey saroyining sobiq boş kotibi Frederik Sala-Baru bor. Le Figaro ma'lumotiga köra, bunday ğoya taşabbusi ularda 2016 yilning yozida paydo bölgan.
Şirak nomzodini Nobel tinçlik mukofotiga ilgari suriş haqidagi petitsiyaga 280 deputat imzo çekdi. Şuningdek, Jak Şirak nomzodini Senegalning sobiq prezidenti Abdu Diuf ham qöllab-quvvatladi.
Taşabbus guruhining ta'kidlaşiça, Şirak nomzodini qöyiş “sayyoradagi tinçlikni himoya qilişga harakat sifatida” qabul qilinişi lozim.
Ma'lumot uçun, Jak Şirak 1995-2002 va 2002-2007 yillarda Fransiya prezidenti bölgan. Şuningdek, u Parij şahri meri va “Respublikani qöllab-quvvatlaş böyiça birlaşma” partiyasi yetakçilaridan biri bölgan. Jak Şirak Fransiya prezidenti sifatidagi faoliyatini yakunlab, Fransiya Konstitutsiya kengaşining umrbod a'zosiga aylandi. Uning nomi ötgan yili özining taşabbusi bilan taşkil etilgan “Branli” Parij etnografik muzeyiga ham berildi.

















