Singapur davlat investitsiya fondi (Government Investment Corporation, GIC) Amerikaning investitsiya trast fondi Paramount Group bilan birga Nyu Yorkning Wall Street köçasida joylaşgan osmonöpar binolardan birini xarid qildi.

Xabarlarga köra, köçmas mulk 1,04 mlrd dollarga baholangan.

Umumiy maydoni 148 ming kvadrat metrdan oşadigan 47 qavatli bino aksiyasining 95 foizi Singapur fondiga tegişli böladi. 

Hozirda, Wall Street 60 manzili böyiça joylaşgan binoda Deutsche Bank-America boş qarorgohi faoliyat yuritadi. Germaniya banki binoning barça xonalarini ijaraga oliş şartnomasini yaqinda 2022 yilgaça uzaytirgan edi. 

GIC dunyoning eng yirik mustaqil fondlari Top-10ligiga kiradi.