Somali poytaxti Mogadisho shahridagi mehmonxonaning kirish yo‘lagida portlash yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra, minalashtirilgan mashina binoga borib urilgan. Boshqaruvda esa xudkush-terrorchi bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Voqea joyida otishma bo‘lgan. Boshqa ma'lumotlarni taqdim etishga hali erta», — degan mahalliy politsiya vakili.
Ayni vaqtda hech bir terrorchilik guruhi mazkur voqeani o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Ma'lum qilishlaricha, Mogadishodagi aksari teraktlarni «Ash-Shabaab» terrorchilik guruhi amalga oshirib keladi.










