Koreya respublikasi mamlakatda Amerikada işlab çiqilgan 36 ta modernizatsiyalaşgan Apache vertolyotlarini joylaştirdi. Bu haqda Koreya milliy mudofaa vazirligi xabar qildi.
"1,6 mlrd dollarlik 36 dona AH-64E vertolyotini yetkazib beriş böyiça şartnoma 2013 yilda imzolangan edi. Şartnoma bajarildi, maşinalar qöşinlar ixtiyoriga yuborildi", - deyiladi vazirlik xabarida. Ma'lumotlarga köra, endilikda, Janubiy Koreyada jami 84 dona Apache vertolyoti mavjud.
Xabar qilinişiça, AQŞ fevral oyi boşlarida Koreyadagi harbiy bazasida 24ta AH-64D zarba beruvçi vertolyotni joylaştiradi.
Apache vertolyotlari birinçi navbatda tanklar va boşqa zirxli texnikalarga qarşi kuraşga möljallangan.

















