Hondurasda xörozni qamab qöyişdi. Jonivor Truxilo şahrida istiqomat qiluvçi ikki qöşni örtasidagi janjalga sabab bölgan. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.

Mojaro erkak öz hovlisida qöşnisining xörozini körib qolgani tufayli boşlangan. Unga jonivor daraxtlarga çiqişga urinib, katta şovqin kötargani yoqmadi. Bu esa xöroz egasining ğazabiga sabab böldi va erkaklar janjallaşib ketgan. Ulardan biri boşqasini öldiriş bilan tahdid qilganda esa qöşnilar politsiyani çaqirişgan.

Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiliş organi xodimlari bahslaşganlarga e'tibor ham bermay, xörozni tutib, qamoqxonaga olib ketişdi. Ular erkaklar yaraşib olişgaç, jonivorni qaytarib berişga va'da qilişdi.

Xörozning panjara ortidagi suratlari Hondurasdagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari orasida katta şov-şuvga sabab böldi. Tasvirlardan birida politsiyaçilar uning panjasiga maxsus yorliq osayotganliklarini köriş mumkin. Boşqa bir kadrda esa uning qamoqxona kamerasida turgani tasvirlangan.

Avvalroq Şotlandiyaning Dandi şahrida politsiya yöl harakati qoidasini buzgan va yölni ruxsat etilmagan joydan kesib ötayotgan tovuqni qölga olgani haqida xabarlar tarqalgandi.