2020 yil 14 may kuni soat 14:30larda, Andijon viloyati IIB JQB Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar olib borilgan.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, Oltinköl tumani, Uyğur MFYda yaşovçi fuqaro M.X qurilişi bitmagan yangi hovlisida karantin vaqtida bir neçta fuqarolarni yiğib, tavakkalçilikka asoslangan noqonuniy “xöroz öyini”ni taşkillaştirganligi aniqlandi.
Fuqarolar T.B, X.X, X.M, I.M hamda Yu.J. özaro oğzaki tartibda 2.000.000 sömdan kelişib, pul yutiş maqsadida xörozlarini uriştirayotgan vaqtida uşlandi. Iştirokçilarni yonida bölgan jami 600.000 söm pullar hamda 2 dona “Dakan” xörozlar xolislar iştirokida bayonnoma orqali rasmiylaştirilib, tuman IIB ixtiyoriga olindi.
Suriştiruv davomida, taşkilotçi M.X xar bir öyindan örtaga tikilgan summadan ma'lum miqdorda uluş olganligi ma'lum böldi.
Mazkur holat yuzasidan Oltinköl tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















