Joriy yilning 9 oktabr kuni soat taxminan 00:30larda Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani «Örtasaroy» MFY hududida joylaşgan ot fermasida karantin qoidalari qöpol ravişda buzilişi va köpçilik yiğilib, tavakkalçilikka asoslangan noqonuniy xöroz öyini taşkil etilayotgani aniqlangan.

Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga köra, viloyat içki işlar organlarining tungi xizmatga jalb etilgan xodimlari, boş boşqarma tezkor xizmatlari, PPX hamda tezkor vazifalarni bajaruvçi safarbarlik otryadi xodimlaridan iborat maxsus guruh tuzilgan va voqea joyiga borilgan.

Qayd etilişiça, u yerda haqiqatdan ham 100 nafardan ortiq fuqarolar iştirokida tavakkalçilikka asoslangan xöroz öyini taşkil etilganligi, voqea joyida karantin qoidalari qöpol ravişda buzilganligi, şuningdek, ferma hovlisida xizmat körsatayotgan noqonuniy savdo şoxobçasida iste'mol uçun olib kelingan mahsulotlar sanitariya qoidalariga javob bermasligi aniqlangan.

Şundan söng, tadbir xodimlari tomonidan öyinlarda iştirok etayotgan jami 124 nafar şaxslar qölga olingan va tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan. Öyin uçun olib kelingan xörozlar daliliy aşyo sifatida olingan.

Bundan taşqari, uşbu şaxslar Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasini qöpol ravişda buzganliklari uçun ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.

Hozirda holat yuzasidan qöşimça suriştiruv olib borilmoqda.