AQŞning Sirakuzi şahrida (Nyu-York ştati) pikap va yölovçi avtobusi iştirokida yöl-transport hodisasi yuz berdi.  

Uşbu holat aks etgan videoda yuk maşinasi avtobusga kelib urilib, uning içiga old ğildiraklari bilan kirib ketgani tasvirlangan.

Avariya oqibatida avtobusdagi bir neça yölovçi jarohat olgan, avtobus haydovçisining kökrak qafasi şikastlangan. Pikapdagi ayol yölovçi ham şifoxonaga yetkazilgan, haydovçiga heç narsa qilmagan.

Ta'kidlaş joizki, avtobusda pikap kelib urilgan joyda ötirgan erkakning omadi kelgan – u maşina yaqinlaşayotganini körib, töqnaşuvga bir baxya qolganda oyna oldidan qoçişga muvaffaq bölgan, biroq zarba tölqini oqibatida u salonning narigi tarafiga uçib tuşgan.

Huquq-tartibot muassasalari xodimlarining aytişlariça, pikap haydovçisi çorrahada töqnaşuvdan qoçişga harakat qilib, rulni çap tomonga burgan va yöldan çiqib ketib, katta tezlikda svetoforning qizil çiroğida turgan avtobusga kelib urilgan.