Kanada boş vaziri Jastin Tryudo Kvebekda joylaşgan masjiddagi otişmani “qörqoq hujum” deb atadi va unda qurbon bölganlar hamda ular oila a'zolari haqida öylayotganini yozdi.
Avvalroq bir qator OAVlar Kvebekdagi madaniy markaz rahbariga asosan şaharda joylaşgan masjidda yuz bergan otişma oqibatida beş kişi halok bölgani haqida xabar bergandi. Radio Canada radiostansiyasi ta'kidlaşiça, Kvebekdagi islom madaniyat markazini şaharning “katta masjidi” deb ataşadi.
“Bugun kanadaliklar Kvebekdagi masjidga uyuştirilgan qörqoq hujum oqibatida halok bölganlar xotirasini yod etmoqda. Men qurbonlar hamda ularning oila a'zolari haqida öylayapman”, - deb yozdi Trudo Twitter’da.
Agentlik şuningdek otişmada iştirok etgan uç nafar qurollangan noma'lum şaxs haqida ham xabar bergandi. Bu holat yakşanba kuni mahalliy vaqt bilan 20.00 da, keçki ibodat vaqtida sodir bölgan.
Huffington Post Quebec gazetasining yozişiça, masjiddagi otişma tufayli ikki kişi hibsga olingan bölişi mumkin. Gazeta ma'lumotiga köra, voqea joyida politsiya keng qamrovli amaliyot ötkazmoqda. Ularning aksariyat qismi “yaxşi qurollangan”.

















