Kanadaning Kvebek şahridagi Islom madaniy markaziga uyuştirilgan qurolli hujum oqibatida bir neça kişi halok bölganini huquq-tartibot idoralari tasdiqladi, deb yozmoqda Le Dovoir naşri.
Kvebek şahar politsiya xizmati vakili Eten Doyonning sözlariga köra, otişmani taşkil etişda gumon qilingan ikki kişi qölga olingan. Şu bilan birga, u qurbonlar borligini aytar ekan, ularning soniga oydinlik kiritmagan.
«Menga aytişlariça, bu yerda otişma bölgan va jinoyatçi qurolini uç marta öqlaşga ulgurgan. Menga, şuningdek, kamida beş kişi jinoyat qurboni bölganini aytişdi», — deya Islom markazi rahbari Muhammad Yangi sözlarini keltiradi gazeta.
Bundan avvalroq, Reuters agentligi ham şu manbaga asoslangan holda 5 kişining hayotdan köz yumganini ma'lum qilgan edi.

















