Plastik kartalardagi deyarli 6,5 mlrd. so‘m mablag‘larni “xizmat haqi” evaziga naqdlashtirib bergan shaxslar fosh etildi

Farg‘ona shahar DSI xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qisqa muddatli tekshirishda “Ixlos” savdo majmuasida fuqarolarga tegishli bank plastik kartochkalaridagi pul mablag‘larini 10-15 foiz “xizmat haqi” evaziga naqdlashtirib berish bilan shug‘ullangan “hojatbaror”larning jinoiy faoliyati fosh etildi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Savdo majmuasida xo‘jako‘rsinga oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bilan mashg‘ul, aslida plastik kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirib berishni keng yo‘lga qo‘ygan A.Sabirovning “Neksiya” rusumli avtomobil saloni va yukxonasidan 67 nafar fuqaroga tegishli pasport nusxalari, 258 dona plastik kartalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli “Hamkor bank”ning terminal kartasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, nazorat tadbirlarida yana o‘ndan oshiq tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli bo‘lgan to‘lov terminallaridan ham fuqarolarga qonunlarga zid ravishda naqd pullar yechib berilganligi aniqlandi.
Shu bilan birga, fuqarolarning plastik kartalaridagi pullarini ma'lum foiz evaziga naqdlashtirib berishni o‘ziga kasb qilgan A.Ahmedovdan 110 dona plastik karta, D.Xolmatovdan 2 dona plastik karta, shunday ish bilan shug‘ullangan D.Rasulovdan esa 99 dona plastik kartalar, bir nechta xususiy korxonalarning to‘lov terminallari, “hojatbaror” N.Abdullayevdan 3 dona plastik karta va naqd pullar, 2 dona hisob-kitob daftarlari ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi.
Tergov jarayonida korxonalar rahbarlari va bevosita naqdlashtirish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslarning jami 76 ming 704 nafar fuqaroning plastik kartalaridagi 6 mlrd. 407 mln. 550 ming so‘m pul mablag‘larini naqdlashtirib berib, 640 mln. 760 ming so‘m noqonuniy foyda ko‘rib, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdorda buzishganligi ma'lum bo‘ldi.
Sud noqonuniy naqdlashtirishda ishtirok etgan xususiy korxonalarning rahbarlari hamda o‘rtada vositachilik qilgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo tayinladi.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi
Jahon | 16:13
-
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46
-
O‘zbekiston Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirdi
O‘zbekiston | 15:38
-
Isroil Eronning bir nechta generallari va olimlarini o‘ldirdi
Jahon | 15:37
Mavzuga oid

13:57
Farg‘onada 45 yoshli erkak yosh bolani mashina yukxonasiga solib qo‘ydi

09:22 / 08.06.2025
Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

08:00 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

07:40 / 31.05.2025