Bugun, 30 yanvar kuni Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning tuğilgan kuni mamlakat böylab keng nişonlanmoqda.

Mamlakat mustaqilligini e'lon qilib, 25 yil davomida bu mamlakatni boşqargan siyosatçi bugun 79 yoşni qarşilagan bölardi.

Bugun Özbekistonning barça hududlarida xalq özining birinçi yurtboşisini xotirlamoqda, bir neça kundan buyon marhumning Samarqand şahridagi qabriga minglab kişilar ziyorat uçun bormoqda.

Şuningdek, turli davlat taşkilotlari, muassasalar, harbiy qismlar, mahallalarda ma'rifiy keçalar, doira stol atrofidagi uçraşuvlar taşkil etilgan.

30 yanvar kuni ham Samarqanddagi Şohi Zinda majmuasida joylaşgan «Hazrati Xizr» qabristoniga jamoatçilik vakillari, davlat xizmatçilari va fuqarolar millat yetakçisini xotirlaş uçun kelişdi.

Islom Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand şahrida, xizmatçi oilasida tavallud topgan. U 1960 yilda Örta Osiyo politexnika instituti, 1967 yilda esa Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan va injyener-muhandis hamda iqtisodçi mutaxassisliklarini olgan.

Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toşkent qişloq xöjaligi maşinasozligi ("Taşselmaş") zavodida master yordamçiligidan boşladi. Söng mazkur korxonada master, texnolog. 1961 yildan 1966 yilgaça V. P. Çkalov nomidagi Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasida muhandis, yetakçi muhandis-konstruktor bölib işladi. 1966 yilda Özbekiston Davlat plan komitetiga işga ötib, boş mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinçi örinbosarigaça bölgan yölni bosib ötdi. 1983 yildan Özbekiston SSR Moliya vaziri, 1986 yildan Özbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining örinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—89 yillarda Özbekiston KP Qaşqadaryo viloyat komitetining birinçi kotibi, 1989 yil iyunidan Özbekiston KP MK birinçi kotibi. 1990 yil 24 martda Özbekiston SSR Oliy Kengaşining sessiyasida Islom Karimov Özbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.